35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
“KO‘CHAMA-KO‘CHA DEPUTAT DAFTARI”DAGI MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILDI

O‘rganish davomida mahallaning Fayoztepa ko‘chasini asfaltlashtirish bo‘yicha fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat atroflicha ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar va deputat ishtirokida ko‘chaning bugungi holati ko‘zdan kechirilib, mavjud muammo, yo‘lning texnik holati hamda uni ta'mirlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Ta'kidlash joizki, deputatlik faoliyatida “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” faqat murojaatlarni qayd etish vositasi bo‘lib qolmay, balki har bir murojaatning amaliy ijrosi ustidan tizimli nazorat olib borishning muhim mexanizmi hisoblanadi. Shu bois har bir murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, unda qayd etilgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Mazkur o‘rganish davomida ham deputat daftari asosida olib borilayotgan ishlar amalda namoyon etilib, murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish, holatni hujjatlashtirish va keyingi nazoratni ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan fuqarolarni o‘ylantirayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan mas'ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2