35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
“Kasb-hunarli qiz – farovon oila va porloq kelajak kafolati

📌Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati, “Yoshlar siyosati, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari” bo‘yicha doimiy komissiya raisi D.Mexmonova tashabbusi bilan Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida “Yosh qizlarning tarbiyasida kasb-hunarga o‘qitishning o‘rni” mavzusida tadbir tashkil etildi.

✔️Mazkur tadbirda Quvasoy shahar hokimi Z.To‘raqulov, shahar Davlat xavfsizlik xizmati bo‘limi boshlig‘i, shuningdek, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.

💡Tadbir davomida yosh qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lib voyaga yetishi hamda oilaviy va ijtimoiy hayotda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.

🚩So‘zga chiqqanlar tomonidan yosh avlod, ayniqsa, qizlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

🔄Tadbir yakunida hamkorlikni yanada kuchaytirish, yosh qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni kasb-hunarga keng jalb etishga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

🔗Shahar Maktabgacha va maktab bo'limi boshlig'i N.Mo'minova va viloyat Kengashi deputati, “Yoshlar siyosati, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari” bo‘yicha doimiy komissiya raisi D.Mexmonova tomonidan "Memorandum" imzolandi.

Slide 1 of 8