35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
“Damariq” kanali bo‘yidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
 “Damariq” kanali bo‘yidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi

✨ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva hamda kotibiyat bosh mutaxassislari tomonidan tumandagi "Olimpiya" mahallasi Chimboy mavzesidan oqib o‘tuvchi “Damariq” kanali bo‘yida gul va manzarali buta ko‘chatlarini yetishtirish hamda ularni ko‘paytirishga ixtisoslashgan maxsus issiqxonalar (pitomnik) faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

☘️ Ushbu maxsus issiqxonalar tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi 2 gektar yer maydonida tashkil etilgan va 2 ta zamonaviy maxsus issiqxonalar (pitomnik) mavjud bo‘lib, hozirgi kunda ushbu issiqxonalarda 10 ming donadan ortiq gul va manzarali buta ko‘chatlari parvarish qilinib, ularni ko‘paytirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. issiqxonalarda ko‘chatlarni parvarishlash, ularning sifatini oshirish, ko‘paytirish jarayonlari hamda obodonlashtirish ishlarida foydalanilayotgan ko‘chat turlari ko‘zdan kechirildi.

🌳 Yetishtirilayotgan ko‘chatlar tumandagi ko‘chalar, xiyobonlar va jamoat hududlarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida keng foydalanilmoqda. Mazkur tashabbus hududning ekologik holatini yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirish va obodonlashtirish ishlarini yanada samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.
Slide 1 of 12