35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tomonidan tumanning “Tovoqsoy” mahallasiga joylashgan 11-sonli oilaviy poliklinika faoliyati va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasi, qabul xonalari, davolash va diagnostika xonalari, dori-darmon ta’minoti, tibbiy jihozlardan foydalanish holati hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, shifokor va hamshiralar faoliyati, profilaktik ko‘riklar tashkil etilishi yuzasidan bosh shifokor R.Boboyevdan ma’lumotlar olindi.

🔺Deputat tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilib, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida qabul qilish, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni muntazam nazorat qilish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza etish, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda chekka hududlarda yashovchi fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qildi.

🔺Shuningdek, tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan fuqarolar bilan ham suhbat o‘tkazilib, ularning tibbiy xizmat sifati, shifokorlar muomalasi, navbat kutish holatlari va dori vositalari bilan ta’minlanish yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. Bildirilgan taklif va murojaatlar asosida ayrim masalalarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 6