35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valeryevna tomonidan Navoiy shahridagi “Janubiy” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromadlarini oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PF–158-son Farmoni hamda mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan so‘nggi farmon va qarorlar ijrosi doirasida hokim yordamchisiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.