35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
“Yangiobod” MFY raisining faoliyati o‘rganildi

“Yangiobod” MFY raisining faoliyati o‘rganildi


Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Azimov Amir Abralovich, Kengash kotibiyati mudiri hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toirovlar tomonidan “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining xizmat faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, fuqarolar yig‘ini faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek, mahalladagi ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni bilan belgilangan vazifalar ijrosi, xususan, mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi muammolarini tizimli hal etish hamda davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda mahalla raisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4