35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Saylovchilar bilan uchrashuv va yoshlar bandligi masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 24-Ushot saylov okrugidan saylangan deputat I.Ro‘ziyev hamkorligida “Istiqlol” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
➡️Uchrashuv davomida mahallada istiqomat qiluvchi aholining murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

➡️O‘rganishlar jarayonida mahalladagi uyushmagan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, kasbiy o‘quv kurslariga yo‘naltirish hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tahlil qilindi. Yoshlar yetakchisi tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning muammolarini hal etish va bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida axborot berildi.
➡️Uchrashuv chog‘ida yoshlarning bandligini yanada oshirish, ularni zamonaviy kasblarga o‘qitish, sport va madaniy tadbirlarga keng jalb qilish, shuningdek, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
➡️Tadbir yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi. Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, hududdagi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha samarali choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6