35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Mirzo Bedil MFYdagi oziq-ovqat do‘konlari va “Sogdiana” filiali hamda “Asiya Alliance Bank” faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida aholiga yaratilgan qulayliklar, mahsulotlar sifati va narxlari, sanitariya talablariga rioya etilishi, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, “Asiya Alliance Bank” filialida tadbirkorlar va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari, kredit va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlari, zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashildi.

O‘rganishlar davomida tadbirkorlar va mas’ul xodimlarning taklif hamda murojaatlari tinglanib, faoliyat davomida uchrayotgan ayrim muammolar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Bildirilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Deputat tomonidan hududda savdo, xizmat ko‘rsatish va bank xizmatlari sifatini yanada oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari faoliyatini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4