35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
DEPUTAT MAHALLA YETTILIGI BILAN UCHRASHIB, HUDUDDAGI DOLZARB MASALALARNI MUHOKAMA QILDI.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 9-"Nafosat" saylov okrugi deputati Saidova Shukrona To‘xtayevna o‘z saylov okrugida faoliyat yuritayotgan mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash, shuningdek, hududda mavjud dolzarb muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Deputat tomonidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, hududdagi muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich bartaraf etish, aholining turmush farovonligini yuksaltirish hamda mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda hududlarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1