Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi.

Axborotda saylov okrugi hududida olib borilgan o‘rganishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuvda “Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon” tamoyili asosida hududdagi mavjud muammolar, ularni hal etish yo‘llari, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, oilaviy nizolar va ajrimlarning oldini olish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksida belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq tashkil etildi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni qonuniy tartibda o‘rganish, mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

✅ Yunusobod tumanida deputatlarning saylovchilar bilan ochiq muloqotini kuchaytirish, aholi murojaatlarini joyida o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5