Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
OQTEPA MAHALLASIDA DEPUTATNING 2026-YIL 2-CHORAGIDAGI FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI

Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi.

Axborotda saylov okrugi hududida olib borilgan o‘rganishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, deputatlik so‘rovlari hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Ushbu jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

Uchrashuv davomida saylovchilarning taklif va murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda o‘rganish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

✅ Oqtepa mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni kuchaytirish hamda aholi murojaatlarini joyida o‘rganish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4