Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
O‘tkir mahallasida "Mahalla yettiligi" bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

O‘tkir mahallasida "Mahalla yettiligi" bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

📂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari ijrosi doirasida O‘tkir mahallasida "Mahalla yettiligi" bilan uchrashuv va joyida o‘rganish o‘tkazildi.

🇺🇿 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zbekiston "Adolat" SDPdan saylangan "5-O‘tkir" okrugi deputati Ibrohimjon Abdullayev, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, bosh mutaxassis Zarnigor Kuziyeva hamda mahallaning "Yettiligi" a'zolari ishtirok etdi.

📇 Uchrashuv davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bandligini ta'minlash va ular bilan olib borilayotgan ishlar, hokim yordamchisining kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini oshirish borasidagi faoliyati, shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan 25 ta ijtimoiy reyestrga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi to‘g‘risida ma'lumot berildi.

🗂 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan fikr almashilib, "Mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, fuqarolar muammolarini mahalla darajasida tezkor hal etish hamda manzilli ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7