Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
DEPUTATLIK SO‘ROVI ASOSIDA AHOLI SALOMATLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA AMALIY CHORALAR KO‘RILMOQDA

O‘rganishlar davomida Gulira’no mahallasi Saroymulkxonim ko‘chasidagi 28-sonli ko‘p qavatli uy aholisi tomonidan sanitariya holati yuzasidan murojaat kelib tushdi.

🔎 O‘rganish natijasida quyidagi muammolar aniqlandi:

🔹 Ko‘p qavatli uy yerto‘lasida burga va boshqa zararli hasharotlar ko‘paygani;

🔹 Yerto‘lada namlik va chiqindilar to‘planib qolganligi;

🔹 Zarur dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilmayotgani;

🔹 Mazkur holat aholi, ayniqsa bolalar, keksalar hamda salomatligi zaif fuqarolar uchun sanitariya-epidemiologik xavf tug‘dirayotgani aniqlandi.

📌 Mazkur murojaat yuzasidan muammoni bartaraf etish maqsadida Termiz shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i N.Yo‘ldoshev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.