Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev hamda tuman Kengashi deputati Q.Igamberdiyevalar "Karmaki" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Tashrif davomida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, bandligini ta’minlash hamda rag‘batlantirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish hamda fuqarolarning tinch va osoyishta hayotini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4