Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
#Deputat_faoliyati (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #Ko‘chamaKo‘chaDeputatDaftari #MurojaatNazoratda #Kattabog‘Mahallasi (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”dagi murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi

O‘rganish davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda transformator quvvatini yaxshilash va elektr ta’minotidagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Deputat va Kengash kotibiyati vakillari murojaat mualliflari bilan yuzma-yuz suhbatlashib, muammolarning kelib chiqish sabablari, ularning bugungi holati hamda amaldagi yechimlari yuzasidan tegishli ma’lumotlarni o‘rgandilar.

Shuningdek, aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, zarur hollarda deputatlik nazorati mexanizmlaridan foydalanish hamda tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi kiritish masalalari belgilab olindi.

🗣 “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” tizimi fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, ularning yechimini tezkor tashkil etish va deputatlik nazoratining samaradorligini oshirishda muhim amaliy mexanizm bo‘lib xizmat qilmoqda.

🤝 Aholi bilan ochiq muloqot, murojaatlarni joyida o‘rganish va ularning yechimi ustidan tizimli nazorat olib borish – xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi samarali deputatlik faoliyatining muhim mezonidir.