Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan tumanning “Besh-tut” va “Chinor” mahallariga biriktirilgan soliq inspektori O.Jumanov faoliyati o‘rganilib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik hamda soliq qonunchiligi ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺O‘rganish jarayonida soliq inspektori bilan muloqot o‘tkazilib, mahallada o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yish, soliq imtiyozlari va yengilliklari bo‘yicha aholiga tushuntirish ishlari, shuningdek, soliq madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari haqida ma’lumotlar tinglandi.

🔺Shuningdek, mahallada faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining qonuniy faoliyat yuritishi, yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashish, soliq qarzdorligini qisqartirish hamda byudjet tushumlarini barqaror ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🔺Deputat tomonidan aholi va tadbirkorlar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish, soliq sohasidagi davlat xizmatlaridan foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatish, raqamli xizmatlar imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish hamda profilaktik tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1