Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Fuqaro murojaatlari o‘rganildi

📌 Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Ruiddin Raupov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Turopovalar tomonidan Qamashi tumani 17-Yo‘rtepa saylov okrugi deputati Feruza Eshankulovaning hududidagi aholi murojaatlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan yo‘l va ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, bandlik, ijtimoiy yordam hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar tinglandi.

Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni hal etish, ularning ijrosini ta’minlash hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Ta’kidlanganidek, aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni ijobiy hal etish xalq deputatlari Kengashlari hamda deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar nazoratga olinib, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga vazifalar belgilandi.