Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
“DOLZARB 90 KUN” DASTURI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati Xusnora Yoqubova tomonidan “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri amalga oshirildi.️Nazorat tadbiri doirasida deputat o‘zi saylangan hududdagi “Novdak” mahallasida joylashgan 19-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.Xususan, maktab qoshida faoliyat yuritayotgan yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan fan, sport hamda madaniy-ma’rifiy to‘garaklar faoliyati maktab rahbariyati bilan birgalikda o‘rganildi.️Shuningdek, ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi, sport maydonchalari va stadionning holati, sanitariya-gigiyena sharoitlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.️Mazkur deputatlik nazorati natijalari “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini yanada samarali tashkil etish, yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yaxshilash hamda bu boradagi masalalarni navbatdagi sessiyada atroflicha muhokama qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Slide 1 of 6