Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Faxriddin Ro‘ziqulov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan Navoiy shahridagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) bo‘limi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik, o‘lim hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq xizmatlarning tashkil etilishi bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, bo‘lim mas’ullari bilan muloqot o‘tkazilib, aholiga tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish, xizmatlar samaradorligini yanada oshirish hamda fuqarolar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida FHDY bo‘limi faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Mazkur o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yuksaltirish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda davlat xizmatlari tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2