Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Kengash_faoliyati

“Navbahor” mahallasida Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

🚨O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ–35-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi tomonidan joylarda nazorat-tahlil va o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🚨Belgilangan reja-jadval asosida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati K. Amanqulovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi E. Eshonqulov “Navbahor” mahallasida bo‘lib, mahalla Yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

🚨O‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🚨O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, Yoshlar yetakchisi bilan manzilli ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha amaliy vazifalar belgilab olindi.

🚨Mahallalarda deputatlar va “Mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimiga ko‘maklashishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1