Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Ulug‘nor tumanida joylashgan bolalar dam olish oromgohida bo‘lib, yozgi mavsum davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda dam olish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Ulug‘nor tumanida joylashgan bolalar dam olish oromgohida bo‘lib, yozgi mavsum davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda dam olish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida deputat oromgoh hududidagi yashash xonalari, oshxona, tibbiy xizmat ko‘rsatish punkti, sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlar uchun ajratilgan maydonlar faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Bolalarning mazmunli va xavfsiz dam olishini ta’minlash,
sanitariya-gigiena talablariga rioya qilinishi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, G.Bobojonova oromgohda dam olayotgan bolalar bilan samimiy muloqot qilib, ularning kayfiyati, kundalik mashg‘ulotlari va yaratilgan imkoniyatlar haqida suhbatlashdi. Bolalar o‘zlari uchun tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy, sport va
qiziqarli to‘garak mashg‘ulotlari mazmunli o‘tayotganini, oromgohdagi shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Tashrif chog‘ida oromgoh ma’muriyati bilan ham muloqot o‘tkazilib, yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada tashkil etish, bolalarning xavfsizligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi. Tashrif yakunida viloyat Kengashi deputati bolalarning sog‘lom, xavfsiz va mazmunli dam olishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidlab, oromgoh faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi. 

Slide 1 of 8