Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
“Yoshlar oyligi” doirasida sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

“Yoshlar oyligi” doirasida sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi


Joriy yilning 30-iyun kuni Navoiy viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qurbonov Farxod Absalomovich olib borib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yosh xodimlarning fikr va takliflari tinglanib, ularning kasbiy rivojlanishi, sog‘lom turmush tarziga rioya etishi, bilim va salohiyatini oshirish hamda davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, tadbir davomida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida turli sport musobaqalari va jamoaviy o‘yinlar tashkil etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar sog‘lom hayot tarzining ahamiyati, yoshlar salomatligini mustahkamlash hamda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Slide 1 of 8