Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
“Kibermakonda xavfsizlik” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi

“Kibermakonda xavfsizlik” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 30-iyun kuni Navoiy viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi majlislar zalida “Kibermakonda xavfsizlikni ta’minlash va kiberjinoyatchilikning oldini olish” mavzusida profilaktik yig‘ilish tashkil etildi.

Tadbirni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qurbonov Farxod Absalomovich kirish so‘zi bilan ochib berib, bugungi kunda raqamli texnologiyalar rivoji bilan bir qatorda internet tarmog‘ida uchrayotgan tahdidlar va ulardan himoyalanish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Yig‘ilishda Navoiy viloyati IIB Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan fuqarolarning internetdan xavfsiz foydalanishi, ijtimoiy tarmoqlarda uchraydigan firibgarlik holatlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar berilib, kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot materiallari hamda bukletlar tarqatildi.

Yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr almashdilar.

Slide 1 of 6