Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
“Majnuntol” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Belgilangan reja-jadval asosida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati J. Xamroqulov hamda shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Temirov “Majnuntol” mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandilar.

O‘rganish davomida xotin-qizlar faolining aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, fuqarolarni qabul qilish amaliyoti, "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish borasidagi faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, erta nikoh va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, xotin-qizlar bilan manzilli ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha amaliy vazifalar belgilab olindi.

Mahallalarda deputatlar va “Mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish orqali aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1