Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Tadbirkorlik faoliyati va qurilish ishlari o‘rganildi

Tadbirkorlik faoliyati va qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati B.Ochildiyev o‘zi saylangan saylov okrugidagi "Istiqlol" mahallasida tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev bilan birgalikda hududdagi tadbirkorlik faoliyati hamda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahalliy tadbirkor tomonidan bunyod etilayotgan, 900 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy to‘yxona qurilishi jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi. Qurilish ishlarining borishi, obyektda yaratilayotgan sharoitlar, loyiha yechimlari hamda ishlarning belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, mazkur loyiha ishga tushirilgach, aholiga zamonaviy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishi alohida ta’kidlandi.

Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va investitsiya loyihalari ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4