Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Berilgan topshiriqlar ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Berilgan topshiriqlar ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev boshchiligida avvalroq shahrimizning "Orzu" mahallasi hamda Guliston dehqon bozori hududida mavjud tartibsiz holatlar, sanitariya va obodonlashtirish bilan bog‘liq kamchiliklar, noqonuniy qurilishlar hamda hudud infratuzilmasi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilgan edi.

Bugun mazkur topshiriqlar ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev, mahalla yettiligi hamda tegishli mutasaddilar ishtirokida hududlarda navbatdagi monitoring ishlari amalga oshirildi.

Monitoring davomida "Orzu" mahallasi va Guliston dehqon bozori atrofida olib borilayotgan obodonlashtirish hamda ta’mirlash ishlari, hududni tartibga keltirish, sanitariya holatini yaxshilash va noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ishlar sifatini ta’minlash hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Hududlarda amalga oshirilayotgan ushbu ishlar shahar infratuzilmasini yanada yaxshilash, obod va qulay muhitni yaratish hamda aholining turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6