Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati D.Xoliqova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida bo‘lim tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan manzilli ishlash hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, soha mas’ullari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari hamda qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi. Faoliyat davomida yuritilayotgan hujjatlar bilan tanishilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4