Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Oqdaryo tuman Kengashi faoliyatini huquqiy qo‘llab-quvvatlash choralari

Oqdaryo tuman Kengashi faoliyatini huquqiy qo‘llab-quvvatlash choralari

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar va boshqa hujjatlarning qonuniyligini ta’minlash, ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda mazkur jarayonda zarur yuridik ko‘mak olishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.

🔹 Mazkur yo‘nalishda:

📌 O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni
📌 “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni
📌 “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqqan holda o‘zaro samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, tuman hokimligi yuriskonsulti G‘.Abduhakimov, Oqdaryo tumani “Madad” NNT rahbari F.Sahaddinov, shuningdek, Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova hamda bosh mutaxassislar F.Malikova va N.Samandarovalar ishtirokida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan kun tartibiga kiritiladigan masalalar yuzasidan yuridik davra suhbati tashkil etildi.

🔹 Ushbu davra suhbatida:

– qaror va dasturlar loyihalarining amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;
– Kengash vakolatlari doirasida ko‘rib chiqilishi va qabul qilinishi;
– huquqiy ekspertiza masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🔹 Xulosa sifatida:

🤝 Mazkur hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan barcha faoliyatlar amaldagi qonunchilik talablariga to‘liq muvofiq ravishda olib borilishi ta’minlanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Slide 1 of 5