Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

Hisobotda tumandagi 43 ta mahalla fuqarolar yig‘inida mavjud chorva mollari holati hamda amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Tuman bo‘yicha mavjud chorva mollari:
▪️ Qoramollar — 89 ming bosh
▪️ Qo‘y va echkilar — 68 ming bosh
▪️ Parrandalar — 420 ming bosh
▪️ Eshaklar — 940 bosh
▪️ Otlar — 450 bosh
▪️ Tuyalar — 4 bosh
▪️ It va mushuklar — 7250 bosh

2026-yil davomida epizootik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida:
kuydirgi, qorason, oqsil, nodulyar dermatit va quturish kasalliklariga qarshi keng ko‘lamli emlash ishlari olib borildi;
laboratoriya tekshiruvlari tashkil etildi;
hayvonlar klinik ko‘rikdan o‘tkazildi;
parrandachilik yo‘nalishida profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Shuningdek, qaror bilan:
hayvonlarni identifikasiya qilish ishlarini yakunlash;
chorva ozuqa bazasini mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik subyektlari faoliyatini kengaytirish;
aholi o‘rtasida veterinariya xizmatlari va profilaktik emlash bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish vazifalari belgilandi.

Qaror ijrosi ustidan nazorat Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi Sh. Rajabov zimmasiga yuklatildi.

Chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda veterinariya nazoratini kuchaytirish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.