Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat tomonidan Qonun ijrosi o‘rganildi

Deputat tomonidan Qonun ijrosi o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari tuman Kengashining 20-Bunyodkor saylov okrugi deputati E.Xayitov hamda Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O.Norbo‘tayevlar tomonidan Qiziltepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

👥 O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘inida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish hamda qonunchilikda belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlash holati tahlil qilindi. Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tizimi, fuqarolar qabulini tashkil etish va murojaatchilarga javob xatlarini rasmiylashtirish amaliyoti ham o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Bu kabi o‘rganishlar Qonun talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish hamda davlat organlari faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.