Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tashabbusi bilan "Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda sessiyalarda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobot (axborot)larini eshitishni samarali tashkil etish" mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa (ZOOM) formatida tashkil etilgan seminarda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, doimiy komissiyalar raislari hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirok etdilar.

Seminar davomida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish, mahalliy Kengash sessiyalarida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarini samarali tashkil etish, murojaatlar tahlili asosida hududlardagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularning yechimini ta'minlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda ochiqlik, shaffoflik va natijadorlikni yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Mazkur seminar mahalliy Kengashlar faoliyatida aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini yanada oshirish hamda deputatlik nazoratining ta'sirchanligini kuchaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 4