Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI: MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB KO‘RILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda tuman Kengashi deputati G. Dosova tomonidan deputatlik faoliyati doirasida saylov okrugi — "Istiqbol" mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi hamda fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
🔎 O‘rganish davomida Madaniyat ko‘chasidagi mavjud holat joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Mahalla aholisi va faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflar eshitildi.
🤝 Mahalla faollari deputat aralashuvi natijasida avvalgi murojaatlar asosida:
kanalizatsiya tizimidagi muammolar;
maishiy chiqindilarni to‘plash maydonchasidagi kamchiliklar
bartaraf etilganini alohida ta’kidlab, bu boradagi amaliy ishlar uchun minnatdorlik bildirdilar.
🏠 Shuningdek, fuqarolar tomonidan tabiiy ofat oqibatida ko‘p qavatli uyning tom qismi shikastlangani va uni ta’mirlash zarurligi yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.
📋 Deputatlik nazorati davomida aholi murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, hududdagi kommunal infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
🤝 Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini joyida o‘rganish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 8