Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | "ISTIQBOL" MAHALLASIDA MAHALLA AGENTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda tuman Kengashi deputati G. Dosova tomonidan deputatlik nazorati doirasida saylov okrugi — "Istiqbol" mahallasida faoliyat yuritayotgan mahalla agenti (bank xodimi) faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalla agenti tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari, imtiyozli kreditlar ajratilishi hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
💳 Mahalla agenti orqali fuqarolarga quyidagi kredit mahsulotlari taklif etilmoqda:
✅ "Mahalla loyihasi" doirasida — 50 million so‘mgacha imtiyozli kredit;
✅ "Biznesga ko‘mak" loyihasi doirasida — 17 million so‘mgacha kredit;
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-sentabrdagi “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ–312-sonli qarori asosida — 100 million so‘mdan 300 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar.
📊 Amaliy natija
O‘rganish jarayonida mahalla agenti ko‘magida "Istiqbol" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro X. Yaqubovaga nonvoyxona tashkil etish uchun 50 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgani aniqlandi.
🥖 Mazkur loyiha natijasida:
👩‍🍳 Nonvoyxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi;
💼 4 ta yangi ish o‘rni yaratildi;
📈 Mahallada aholi bandligini ta’minlash va oilaviy daromadni oshirishga xizmat qiluvchi yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi.
🤝 Deputatlar tomonidan mahalla agentlari faoliyatining samaradorligi, ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishi hamda yaratilayotgan ish o‘rinlari yuzasidan tavsiyalar berildi.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan mahallalarda davlat dasturlari ijrosi, bank xizmatlarining sifati va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mexanizmlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5