Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
DEPUTATLAR TOMONIDAN BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 1-“Qoraqalpoq” saylov okrugidan saylangan deputat Yergashboyev Baxtiyor Rustamovich deputatlik nazorati doirasida o‘zlariga biriktirilgan “Parkenttumangaz” gaz ta’minoti filiali faoliyatini o‘rgandilar.O‘rganish davomida “Parkenttumangaz” gaz ta’minoti filiali rahbari E.Valiyev va rahbar o‘rinbosari Sh.Maxamatov bilan muloqot o‘tkazilib aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash, chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish, isitish tizimlarining holati hamda ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan axborot olindi.Mas’ullar tomonidan ma’lum qilinishicha, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tumandagi barcha mahallalarda xonadonlarga tabiiy gaz bosimini barqaror yetkazib berishni ta’minlash uchun har bir xonadonga gaz taqsimlovchi reduktorlarni o‘rnatish ishlari boshlangan.Deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur nazorat tadbirlari aholini sifatli va uzluksiz gaz ta’minoti bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda sohaga oid mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4