Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat so‘roviga javob berildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, "Adolat" SDP a'zosi Xusainov Alisher Abduvahobovich tomonidan saylovchilar murojaatlari asosida Chilonzor tumanidagi "Al-Xorazmiy" mahalla fuqarolar yig‘ini, 11-uy, 2-yo‘lakdagi ekspluatatsiya muddatini o‘tagan lift uskunasini almashtirish masalasi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilgan edi.
Mazkur deputat so‘roviga Chilonzor tumani hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.


Javob xatida ma'lum qilinishicha, Toshkent shahridagi ko‘p kvartirali uylarda ekspluatatsiya muddatini o‘tagan lift uskunalarini yangisiga almashtirish bo‘yicha joriy yil uchun manzilli ro‘yxat shakllantirilib, belgilangan tartibda tasdiqlangan.
Quvonarlisi, "Al-Xorazmiy" mahalla fuqarolar yig‘ini, 11-uy, 2-yo‘lakdagi lift uskunasi ham mazkur manzilli ro‘yxatga kiritilgan. 

Tasdiqlangan ro‘yxat asosida liftni almashtirish ishlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan belgilangan tartibda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bildirilgan.


Deputat Alisher Abduvahobovich Xusainov tomonidan fuqarolarning hayot sifati va xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan masalalar yuzasidan tegishli idoralar bilan hamkorlikda ishlash, deputatlik nazoratini olib borish hamda saylovchilar manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1