Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Mahalla yettiligi a'zosi – profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Mahalla yettiligi a'zosi – profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashiga O'zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan 9-Rovatak saylov okrugi deputati B.Baxovadinov tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Rovatak MFY mahalla yettiligi a'zosi – profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar hamda notinch oilalar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, shuningdek, mahalla yettiligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.

Shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini yanada samarali tashkil etish, aholi xavfsizligini ta'minlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!