Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
30-iyun — Yoshlar kuni

#bayram #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Hurmatli yoshlar!

Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Yoshlar – yurtimizning bebaho boyligi, Vatanimizning ishonchli tayanchi va kelajagi bunyodkorlaridir. Sizlarning bilim olishga intilishingiz, yuksak maqsadlar sari dadil odimlashingiz, tashabbuskorligingiz va fidoyiligingiz Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim omilidir.

Bugun mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim olishi, o‘z iste’dodi va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, munosib mehnat qilishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida ulkan yutuqlarga erishishingizga ishonamiz.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz g‘ayrat va shijoat, yuksak marralar, ilm-fan va mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1