Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari X. Berdiyarova, X. Shayimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Sharopov tomonidan Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2026-yil 27-apreldagi VII-24-33-9-123-K/26-son qarori ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Mazkur qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF-51-sonli “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda tuman hokimligining taklifiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Boyovut tumani Xalq qabulxonasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 200,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.

O‘rganishlar davomida ajratilgan mablag‘lar hisobidan qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani, zarur moddiy-texnika vositalari xarid qilingani aniqlandi. Shu bilan birga, mavjud ayrim kamchiliklarni bartaraf etish va ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli takliflarni tuman hokimligiga kiritish belgilandi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi tomonidan qarorlar ijrosini nazorat qilish, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash borasidagi o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7