Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining “Reglament va deputatlik odob-axloq” masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida “Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining doimiy komissiyalari va sessiyalarini tashkil etishda amaldagi qonunchilik hamda Reglament talablari ijrosi holati, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi masala muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida doimiy komissiyalar va sessiyalar faoliyatini tashkil etish jarayonida qonunchilik hujjatlari hamda Kengash Reglamenti talablariga rioya etilishi holati tahlil qilindi. Ayrim tashkiliy masalalarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, sessiya materiallarini o‘z vaqtida tayyorlash, masalalarni dastlabki tartibda doimiy komissiyalarda ko‘rib chiqish, deputatlarning faol ishtirokini ta’minlash hamda Kengash faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qonunchilik va Reglament talablari ijrosini yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4