Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Yoshlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Yoshlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Aziz va qadrli yoshlar! 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari hamda tumandagi barcha yoshlarni Xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Yoshlar – Yangi O‘zbekistonning tayanchi, mamlakatimizning buguni va ertangi taraqqiyotini belgilovchi eng katta kuchdir. Sizlarning bilim olishga bo‘lgan intilishingiz, tashabbuskorligingiz, Vatanga sadoqatingiz hamda yuksak marralarni zabt etishga bo‘lgan qat'iy ishonchingiz yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan yoshlarning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta'minlash, ularning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishingizga ishonamiz.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz g‘ayrat-shijoat, oilaviy baxt-saodat, o‘qish va mehnat faoliyatingizda ulkan yutuqlar hamda barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobga chiqishini tilaymiz.

Xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashi

🌐 @Qarshitumandeputatlari