Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati L.Mustafakulova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan farmoni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tegishli tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar, xususan, xotin-qizlar va bolalarni himoya qilish, ularning murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish tizimi tahlil qilindi. Shuningdek, hududda “ayollar daftari”, “yoshlar daftari” hamda “ijtimoiy reyestr” asosida olib borilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Fuqarolar bilan o‘tkazilgan muloqotlar davomida mavjud muammolar, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi yuzasidan fikrlar o‘rganildi. Ayrim yo‘nalishlarda profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, murojaatlarga tezkor va manzilli yondashuvni ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Deputat tomonidan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, xavf guruhidagi oilalar bilan manzilli ishlash, ayollar va bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3