Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputatlik nazorati: piyodalar yo‘lagidagi kamchiliklar o‘rganildi

Deputatlik nazorati: piyodalar yo‘lagidagi kamchiliklar o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Feruza Mardonovna Fayziyeva xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan «Umid» MFY, Amir Temur ko‘chasi 32-uy oldi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida yaqinda ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgan 7/24 piyodalar yo‘lagining bugungi holati ko‘zdan kechirildi. Natijada yo‘lakning ayrim qismida yotqizilgan bruschatka qoplamalari ko‘chib ketgani hamda qoplama osti qismida qisman cho‘kish holati yuzaga kelgani aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilot vakillariga piyodalar yo‘lagini belgilangan talablarga muvofiq qayta tiklash, kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda bajariladigan ta’mirlash ishlarining sifatini qat’iy nazorat qilish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Fuqarolar uchun xavfsiz va qulay infratuzilmani yaratish, hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish hamda obodonlashtirish ishlarining sifatini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2