Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Yoshlar bilan kasb tanlash va oliy ta’lim masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Yoshlar bilan kasb tanlash va oliy ta’lim masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

🗓 Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi 7-Siplon saylov okrugi deputati Kuldashev Javlonbek tomonidan yoshlarning kasb tanlovi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar, oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, ta’lim olish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoshlarning qiziqishi, iqtidori va salohiyatidan kelib chiqib to‘g‘ri kasb tanlashning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlarga davlat tomonidan taqdim etilayotgan ta’lim imkoniyatlari, grant va kontrakt asosida o‘qish tartiblari, kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari hamda zamonaviy kasblarni egallashning afzalliklari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Muloqot ochiq va samimiy ruhda o‘tib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi. Yoshlarning kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashi, bilim va ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirib borishi hamda o‘z ustida ishlashi zarurligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning kasbiy yo‘nalishini ongli ravishda tanlash, oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladigan muhim muloqot maydoniga aylandi.

Slide 1 of 3