Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
MAHALLADA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

 MAHALLADA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Sayfidinov hamda tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan G‘alaba mahalla fuqarolar
yig‘inida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.


O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar,
nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan
fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holati tahlil qilindi. Shuningdek,
aholining ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, murojaatlarni o‘z
vaqtida ko‘rib chiqish va manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.


O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, xizmatlardan foydalanuvchilar
bilan ishlash tartibi, hujjatlarni yuritish hamda ehtiyojmand aholi qatlamini
qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyat ko‘zdan kechirildi.


Muloqotlar jarayonida mahalladagi ehtiyojmand fuqarolarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini tizimli hal etish, ijtimoiy xizmatlar
sifatini yanada oshirish hamda ijtimoiy xodim faoliyati samaradorligini
kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Aniqlangan kamchiliklar hamda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar
“Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga kiritildi.
  

Slide 1 of 3