Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#162_ta_qonun 📌 “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi raisi Z.Naxalov tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi Qayirma mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-263-son “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahallada voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim muassasalari, mahalla faollari, profilaktika inspektori hamda ota-onalar hamkorligida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar holati tahlil qilindi.
Shuningdek, nazorat va e’tiborga muhtoj yoshlar bilan individual ishlash, ularni sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etish, huquqiy savodxonligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Ta’kidlanganidek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish hamda barkamol avlod etib tarbiyalash davlat va jamiyat oldidagi ustuvor vazifalardan biridir.

✅ O‘rganish yakunida qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, mahalla va mutasaddi tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish hamda yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 3