Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#162_ta_qonun #ish_reja_ijrosi 📌 “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda tuman Kengashi deputati M.Raximov tomonidan Ishtixon tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ-393-son “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish hamda hududdagi sanitariya-epidemiologik vaziyatni barqaror saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish, aholi o‘rtasida sanitariya madaniyatini yuksaltirish, profilaktik emlashlar, dezinfeksiya tadbirlari hamda fuqarolarni sog‘lom turmush tarziga targ‘ib qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Muloqot davomida qonun talablarining joylarda amaliy ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinib, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashda mas’ul tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

✅ Aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash hamda qonun talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 4