Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#24_ta_masala 📌 Mohpar mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda tuman Kengashi deputati M.Raximov Mohpar mahallasida hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish, fuqarolar, ayniqsa yoshlar va uyushmagan aholi qatlamlari bilan profilaktik ishlash, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda manzilli choralar ko‘rish masalalari tahlil qilindi.

Shuningdek, profilaktika inspektori va mahalla faollari tomonidan jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, notinch va muammoli oilalar bilan ishlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, jinoyatchilikka qarshi kurashishda mahalla, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilikning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi tizimli ishlar hududda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

✅ O‘rganish yakunida jinoyatchilikning oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 4