Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#162_ta_qonun 📌 “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Umirova Manzura Ro‘zimurot qiziga O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni biriktirildi.

Mazkur qonun fuqarolar yig‘inlari faoliyatini tashkil etish, mahallalarning vakolatlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquq va majburiyatlarini belgilashga qaratilgan.

🔹 Qonun va unga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi o‘rganiladi;
🔹 Mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishi tahlil qilinadi;
🔹 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari va vazifalari ijrosi monitoring qilinadi;
🔹 Qonunchilik talablari asosida savolnomalar ishlab chiqiladi;
🔹 Doimiy komissiya bilan hamkorlikda o‘rganish va nazorat tadbirlari tashkil etiladi;
🔹 Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqiladi.

🎯 Asosiy maqsad — mahallalarning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashdan iborat.

✅ Kengash deputatlari tomonidan qonunlar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish va qonunchilik talablarining amaliy ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1