Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#ish_reja_ijrosi 📌 Oilalarni mustahkamlash va ajrimlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan xotin-qizlar murojaatlari va oilaviy muammolarni hal etishga bag‘ishlangan qo‘shma sayyor qabulda ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning oilaviy munosabatlar, xotin-qizlarni qiynayotgan ijtimoiy masalalar hamda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalardagi muammolar yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Mutasaddilar tomonidan oilalarda yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklarning sabablarini bartaraf etish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat va mas’uliyatni mustahkamlash, farzandlar manfaatlarini himoya qilish hamda oilaning muqaddas qadriyat ekanligini anglatishga qaratilgan tushuntirish va profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek, oilaviy ajrimlarning oldini olish, sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish va mustahkam oilalarni qo‘llab-quvvatlash bugungi kunda jamiyat barqarorligini ta’minlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

✅ Tumanda oilalarni asrab-avaylash, ajrimlar sonini kamaytirish hamda xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida hal etishga qaratilgan manzilli ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 3