Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#24_ta_masala #dastur_ijrosi 📌 15-son oilaviy poliklinikada yangi bino qurilishi ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov, tuman Kengashi deputatlari M.Raximov va G.Safarova Ishtixon tumanidagi 15-son oilaviy poliklinikada amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mavjud 50 qatnovga mo‘ljallangan oilaviy poliklinika o‘rnida 1-tip oilaviy poliklinika talablari asosida yangi 50 qatnovli bino qurilishi jarayoni ko‘zdan kechirildi. Qurilish ishlari sifati, obyektning loyiha talablari asosida amalga oshirilishi hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha hudud aholisiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, zamonaviy diagnostika va davolash xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, tibbiyot xodimlari hamda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Yangi binoning foydalanishga topshirilishi natijasida poliklinikaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari yanada kengayadi.

✅ Tibbiyot muassasalari infratuzilmasini rivojlantirish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 4